Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi

So'nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor, ularning orzu va maqsadlarini ro'yobga chiqarish, mavjud muammolarga ijobiy yechim berish sohaga aloqador rahbarlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

Bugun Gurlan tumani hokimligi majlislar zalida “Yoshlar oyligi” doirasida sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o'tkazildi. Unda tuman hokimi Umrbek  Jumaniyazov, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot mas’ullari, tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi  fuqarolar, yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida sektor rahbarlari bugungi kunda tumanda yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to'g'risida to'xtalib o'tdilar.

Samimiy ruhda o‘tgan ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarining yutuqlari, rejalari, maqsadlari haqida sektor rahbarlariga takliflarini bildirdilar. Uchrashuv so‘nggida yoshlardan tushgan murojaatlarni tuman hokimi hokim o‘rinbosari va mas’ul tashkilot rahbarlariga yo‘naltirib ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida hamda turli ko‘rik-tanlovlarda yutuqlarga erishib kelayotgan yoshlarga tuman hokimligining sovg‘alari topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 14, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 198 marta