Sayyor qabul
Bugun Gurlan tumani Navbahor mahallasida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor idoralar, tuman va shahar hokimliklari vakillari ishtirokida hal etildi. Shuningdek, muloqot davomida ko‘plab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Yanvar 11, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 57 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 57 marta