Sayyor qabul - muammolar yechimining samarali usuli
Aholining mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etishda sayyor qabullarning samarasi juda katta. Chekka hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolar uchun qulaylik tug‘dirishi barobarida, murojaatlar ham tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida tezkor o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda.
Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning Gurlan tumanidagi Navbiryop mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi qabulida ham moddiy va tibbiy yordam, bandlik, kredit, kadastr xizmati, yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq taklif va murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qonuniy yechimini topdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 77 marta