Saxovat va koʻmak – ezgu qadriyat
Muqaddas Ramazon hayitida muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish xalqimizga xos fazilatdir. Bugun erta tongdan mahsulotlar ortilgan mehr-muruvvat karvoni tumanimizdagi mahallalar sari yoʻl oldi.
Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov boshchiligida sektor va mutasaddi rahbarlar tomonidan muborak kunlarda tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotgan bemorlar hamda mahallalardagi kam taʼminlangan xonadonlar, yakka yolgʻizlar, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi oilalar, front orti xizmatchilariga Davlatimiz rahbari nomidan bayram sovgʻalarini shaxsan yetkazib, ularni ulugʻ ayyom Ramazon hayiti bilan muborakbod etdilar.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 608 marta