Sanoat

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022-yilning yanvar-mart oylarida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 147,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va 2021-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati indeksi 145,1 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 967,3 ming so‘mni (142,7 foiz) tashkil etdi, bu ko‘rsatkich bo‘yicha tumanimiz viloyatda 5 chi o‘rinni egallaydi. Viloyat jami sanoat mahsulotining 3,8 foizi tumanimiz hissasiga to‘g‘ri keladi.

2022-yilning yanvar-mart oylarida 35,5 mlrd. so‘mlik  iste’mol tovarlari  ishlab chiqarilib, 2021-yil yanvar-mart oylariga nisbatan 122,5 foizni tashkil etdi. Jumladan, 21,9 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari  ishlab chiqarilib,  umumiy hajmga nisbatan 61,7 % ni tashkil qildi, 13,6 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2021 yil yanvar-mart oylariga nisbatan mos ravishda 116,6 foiz va 133,1 foiz) ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 38,3 % ni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga iste’mol mollari hajmi 233,2 ming so‘m (120,4 foiz) bo‘lib, jami viloyatda ishlab chiqarilgan iste’mol mollarining 1,5 % ini tashkil etadi.

 

Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi

            Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. 2022-yilning yanvar-mart   oylarida tumanda  147,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 16,0 mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 10,9 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.

            Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq  tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan 2022-yilning yanvar-mart oylarida 120,1 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki umumiy hajmning 81,5 % ni tashkil etdi.

Hududiy korxonalari tomonidan 2022-yilning yanvar-mart   oylarida 27,2 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki umumiy hajmning  18,5 % ni tashkil etdi.

       Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.  Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Xorazm viloyati va tumanlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda  tumanlarni shahar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini  aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida 2022-yilning yanvar-mart oylarida tumanda sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 147,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Xorazm viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 3,8 % ni tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 967,3 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 142,7 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 35,5 mlrd.so‘mni tashkil qilib, Xorazm viloyatining jami  iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 1,5 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 233,2 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati  120,4 % ga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin.


May 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 641 marta