Salomatlik sayllari davom etmoqda
7 aprel — “Xalqaro salomatlik” kuni munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayllari” oyligi doirasidagi tadbirlar Gurlan tumanida ham davom etmoqda.
Jumladan, bugun Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning malakali mutaxassislari tomonidan tumanning olis hududlaridan biri Guliston qishlog‘ida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar, Gurlan TTB “ASTTQQ va JFO” bo‘limi KTMPga kelgan axoli o‘rtasida “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi”, “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” marafoni, “Biz chekishga qarshimiz” aksiyasi va “To‘g‘ri nafas gimnastika mashqlari” o‘tkazilib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi , reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha individual maslahatlar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 342 marta