SPORT

 
Gurlan tumanida iqtidorli kurashchilarni saralash va rag‘batlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom, baquvvat va barkamol qilib tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22-fevral kuni tumandagi 35-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida 2005,2008,2009,2011-yillarda tug‘ulgan o‘smir va qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha sport musobaqasi bo’lib o’tdi.

Qizg’in va murosasiz bahslarga boy tarzda o’tgan musobaqalarda 100 nafardan ortiq o’g’il-qizlar ishtirok qildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tuman turizm va sport bo‘limining 1,2,3-darajali  diplom va medallari bilan taqdirlandilar.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Fevral 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 599 marta