SPIKER O‘RINBOSARI AKTAM XAITOV GURLAN TUMANIDA TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Gurlan tumaniga tashrif buyurib, Nukus mahallasidagi “Maqsud Manzura tomorqa xizmati” MCHJ klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar tomonidan issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar, inkubatorlar ko‘zdan kechirildi.  "Gurlan Anvarbek tomorqa xizmati" MCHJ tomonidan gidroponika usulida bug‘doyni undirish va undan chorva mollari, parrandalar hamda baliq uchun ozuqa sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu jamiyatda bugungi kunda Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan 11 ming dona tuxum inkubatorda joylashtirilgan.

Shuningdek, tumandagi quyonchilik bilan shug‘ullanuvchi “Tozayorg‘an chorva” MCHJ faoliyati bilan tanishib tadbirkor bilan oldindagi vazifalar yuzasidan suhbatlashildi.

Shundan so‘ng asalarichilik bilan uzoq yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan Axmedova Saida xonadoniga tashrif buyurildi. Tadbirkor ayol bilan suhbatlashilib, asalni tayyorlash, uni qadoqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 612 marta