SHOVOT TUMANLARARO IQTISODIY SUDI TOMONIDAN 2021-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROTI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan sudlar faoliyatiga oid axborotni eshitish amaliyotining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi QK-104-IV-sonli qarori ijrosi yuzasidan Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yilning yakunlari yuzasidan ish faoliyati tahlil etildi.
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2021-yil davomida jami 1 661 ta (2020-yilda 1 220 ta) iqtisodiy ishlar ko‘rilgan bo‘lib, shundan 3 tasi sud buyrug‘ini berish tartibida ko‘rilgan ishlarni tashkil qiladi. Jami ko‘rilgan ishlardan 1 425 tasi qanoatlantirilgan, 189 tasi bo‘yicha da’vo rad qilingan, 29 tasi bo‘yicha da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan, 18 tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan. Jami ko‘rilgan ishlarning 800 tasi, ya’ni 48,1 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rilishi ta’minlangan.
2021-yil davomida ko‘rilgan ishlarni, 2020-yilning shu davri bilan taqqoslanganda, kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha 40 taga, yuk tashish shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 3 taga, bank omonati va hisob varag‘i shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 1 taga, kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan 26 taga, yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizolar yuzasidan ko‘rilgan ishlar 20 taga, soliq qarzdorligini soliq to‘lovchining mol-mulki hisobidan undirish yuzasidan ko‘rilgan ishlar 147 taga, atrof-muhitni muhofaza etish haqidagi qonunlarni buzilishi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 53 taga, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish yuzasidan ko‘rilgan ishlar 58 taga, undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish yuzasidan ko‘rilgan ishlar 3 taga, boshqa asoslar yuzasidan ko‘rilgan ishlar 2 taga kamaygan bir vaqtda, oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 34 taga, mahsulot yetkazib berish shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 116 taga, ijara shartnoma yuzasidan ko‘rilgan ishlar 12 taga, pudrat shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 33 taga, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 39 taga, kredit shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 214 taga, lizing shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 9 taga, aloqa xizmati shartnomasi yuzasidan ko‘rilgan ishlar 1 taga, boshqa shartnomalar yuzasidan ko‘rilgan ishlar 161 taga, bankrot deb e’tirof etish yuzasidan 56 taga, chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish yuzasidan ko‘rilgan ishlar 1 taga, korporativ nizolar yuzasidan yuzasidan 3 taga, banklardagi hisobvaraqalar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish yuzasidan ko‘rilgan ishlar 79 taga, moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan ko‘rilgan ishlar 9 taga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘tgan 2020-yilning shu davriga nisbatan ko‘paygan ishlar hududlar kesimida tahlil qilindi.
- yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlarda ushbu nizoga oid ishlar ko‘paygan;
Shuningdek, ushbu davrda xususiy tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, kichik biznes subyektlari, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning da’vogarligida 171 ta ishlar ko‘rilib, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari tiklanib, ularning foydasiga 17 583,8 mln. so‘m mablag‘lar undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.
2021-yil davomida ommaviy axborot vositalari orqali jami 45 ta (6 ta televidenieda, 4 ta radioda, 10 ta gazetada, 25 ta veb-sayt va boshqa axborot vositalarida) chiqishlar qilingan.
Shuningdek, 14 ta og‘zaki huquqiy targ‘ibot (6 ta ma’ruzalar, 8 ta seminar) tashkil qilinib, tadbirkorlik subyektlari va aholiga sudlarga murojaat etish tartiblari, qonunchilikdagi yangiliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari mazmun mohiyati tushuntirib berilgan.
Ushbu davrda Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy mazmundagi 22 ta murojaat kelib tushgan.
Shularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga belgilangan tartibda va muddatlarda javob xatlari yuborilgan.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Shovot tumani iqtisodiy sudi raisi B.Hayitboevning 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi raisi (B.Hayitboev)ga:
- fuqarolarning huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlash;
- hududlarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish bo‘yicha boshlangan ishlarni qat’iyatlilik bilan izchil davom ettirish, jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish amaliyotini yanada kengaytirish;
- har bir sudya tomonidan aholi bilan joylarda har oyda kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etish;
- iqtisodiy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlarini tushuntirgan holda va ularni oldini olish borasida joylarda umumiy tartibdagi profilaktik hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini to‘liq tashkil etish;
- sud tizimining ochiqligini va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish uchun barcha choralarni ko‘rish;
- har bir sudya tomonidan odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, xalq bilan muloqot natijalari va sudlar faoliyatiga doir boshqa masalalar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
- Tumandagi tegishli idora, tashkilot va korxona rahbarlariga, yuqoridagi hisobotdan kelib chiqqan holda taalluqliligi bo‘yicha bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilash vazifasi topshirilsin.
- Tuman hokimligi matbuot xizmati (O.Jabberganov) va “Gurlan hayoti” gazetasi (F.Abdullaev) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida hamda mahalliy nashrlarda e’lon qilsin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Inoyatov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi M.Achilov
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 700 marta