SЕMINAR

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan Gurlan tumanida aholi xonadonlariga parranda, quyon, qo‘y-echki, qoramol va asalari uyalari tarqatish hamda aholini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Polvonov, Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Atashev hamda tumanda parrandachilik, asalarichilik va quyonchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar ishtirok qildilar.  Rahbarlar va tadbirkorlar tomonidan aholiga parranda, asalari uyalari va quyon boqish orqali daromad topish yuzasidan tushunchalar berildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 20, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 769 marta