SEMINAR

Gurlan tumanidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi qoshidagi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi a'zolari uchun  seminar bo'lib o'tdi.


Unda Xorazm viloyati intellektual mulk himoyasi markazi rahbari L.Yusupov, Gurlan tumani adliya bo'limi yetakchi mutaxassisi B.Yusupov va Gurlan tumanidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi qoshidagi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirok etdi. 
Yig'ilishda Gurlan tumanidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning joriy yil 9 oy yakuni bo'yicha hisoboti va tadbirkorlar, ayniqsa, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarning o'z brendini yaratish hamda uni huquqiy jihatdan himoyalanish  mavzulari yuzasidan seminar trening   o'tkazildi. 
Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Oktabr 27, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 731 marta