SAYYOR QABUL
Bugun Gurlan tuman hokimi Murodjon Achilov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan 1-sektorga qarashli "Shang‘i" mahallasidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan qabulda fuqarolardan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit olish, uy-joy masalasi, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz balonlar bilan bog‘liq taklif va murojaatlar kelib tushdi.
Qabul qilingan murojaatlar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 696 marta