Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqda " Gurlan tumani bozorida pattachi ayol, tadbirkor ayollar bilan nega janjallashdi?" sarlavhasi ostida  videomurojaat tarqaldi.

Joriy yilning 11-mart kuni  “Gurlan dehqon bozori”da "patta puli yig‘uvchi" vazifasida ishlovchi ayol va savdo qiluvchi ayol o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat Gurlan tumani IIB tomonidan  nazoratga olinib, hozirda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 11, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 34 marta