Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumanidan qiynalgan ayollar bizga murojaat etishda davom etmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: Gurlan tumani Bog‘iston mahallasi Sohibkor ko‘chasi yashovchi fuqaro Sh.O‘.ning mahalla yettiligi tomonidan oilaviy ahvoli o‘rganilgan. O’rganish natijasida Bog‘iston mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan fuqaroni “Ayollar daftari”ning 6-bosqich 5,2-toifasiga kiritilib, ijara to‘lovlari to‘lab berilishi bildirilgan.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan fuqaro Sh.O‘.ning “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da turganligi va kommunal to‘lovlari (gaz va svet)ning limitdan oshgan qismini to‘lab berilishi bildirilgan.
Bog‘iston mahallasi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim bilan birgalikda fuqaro Sh.O‘. bilan suhbat jarayonida qo‘pol munosabatda bo‘lmaganligi va “Ayollar daftari” kiritilishi qonun doirasida tushuntirganligi ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 51 marta