Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumanida yana nohaqlik” sarlavhasi ostida videomaterial tarqaldi. Unda fuqaro Gurlan tumani Sovunchi mahallasidagi yer maydoni auksion savdolariga chiqarilganligidan norozi ekanligini bildirgan.
Murojaat yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Gurlan tumani, Sovunchi mahallasi hududidan jami 0.015 ga yer maydoni Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani filiali tomonidan 2024-yil 6-iyunda “Yerelektron” AATga taklif kiritilgan.
Ushbu yer maydoni 2024-yil 10-iyulda Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Gurlan tumani inspeksiyasi tomonidan yer maydonda mevali daraxtlar boʼlganligi sababli salbiy xulosa berilgan.
Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan ushbu tanlagan yer maydoniga asossiz ravishda salbiy xulosa berilgan deb topilib shu davrda Ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi Gurlan tuman boʼlimi boshligʼi J.Y. maʼmuriy javobgarlikga tortilgan.
Keyinchalik ushbu yer maydoni bo’yicha Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Gurlan tumani inspeksiyasining 2024-yil 5-sentabrdagi yer uchastkasini qayta kiritish so’rovnomasiga asosan yer uchastkasi 2024-yil 28-sentabrda “Yerelektron” AATga unikal raqami MG1733208050/17 bo’lgan yer uchaskasi Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Gurlan tumani filiali tomonidan qayta taklifi kiritilgan.
Ushbu yer maydoni 2024-yil 20-noyabrda auksion savdolariga chiqarilganligi va ushbu yer maydonining savdosi 2024-yil 6-dekabr kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 95 marta