Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xalq nimadan norozi hokimlar hohlaganini qiladimi” (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.
Ushbu holat viloyat hamda tumanning tegishli mas'ul tashkilot rahbar va xodimlari tomonidan joyida o‘rganib chiqildi. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
O‘rganish davomida Gurlan tumani, Yangi asr mahallasi, Nukus ko‘chasi, 15-uyda yashovchi fuqarolar N.Nurimova, R.Rajabov va boshqalarning yashab kelayotgan turar joyi old tomonidagi bo‘sh yer maydoni davlat zaxirasidagi yer mayoni ekanligi, fuqarolar tomonidan yerdan foydalanish bo‘yicha hech bir hujjatsiz, soliq to‘lovlarini amalga oshirmasdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi hamda ushbu masala yuzasidan turli tashkilotlar orqali bir necha marotaba murojaat qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishda Gurlan tumani “Paxakor” mahallasidan 200,0 kv.metr yer uchastkasiga zamonaviy loyihalar asosida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi” binosini qurib berish evaziga Gurlan tumani hokimining 2021-yil 21-martdagi 855-sonli qarori bilan fuqaro A.Babarbayevga tadbirkorlik obyektlarini qurish uchun Gurlan tumani, Yangi asr mahallasi hududidan 400.0 kv.metr hamda Navbahor mahallasi, Mang‘it ko‘chasi hududidan 250.0 kv.metr, tuman hokimligi zaxirasidagi jami 650.0 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.
Yangi asr mahallasi hududidan 400.0 kv.metr ajratib berilgan yer maydoni bo‘yicha yuqoridagi qarorga asosan ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 7-yanvarda ART (arxitektura rejalashtirish topshirig‘i) tayyorlab berilgan bo‘lib, “PROYEKT PLYUS DIZAYN” xususiy korxonasi tomonidan loyiha hujjatlari tayyorlanib, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashining 2022-yil 17-martdagi 39744-sonli ijobiy xulosasi olinganganligi, Xorazm viloyati qurilish sohasida nazorat inspeksiyasida 2023-yil 23-yanvarda qurilish ishlarini boshlash uchun ro‘yxatga olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ajratib berilgan yer maydonlarining chegaralari tegishli tashkilotlar tomonidan oldin ham bir necha marotaba joyida belgilab berilganligini hamda qurilish ishlariga to‘sqinlik qilayogan fuqarolar N.Nurimova va R.Rajabovlar Shovot tumanlararo sudining 2024-yil 10-iyuldagi hal qiluv qarori bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirgi kunda fuqaro A.Bazarbayevga tuman hokimligi tomonidan Yangi asr mahallasi hududidan ajratilgan 400.0 kv.metr yer maydonida hech qanday qurilish ishlari olib borilmayotganligi va yer maydoni o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi sababli ajratilgan yer maydonini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-sonli Farmoniga asosan tuman zaxirasiga o‘z ixtiyori bilan qaytarishni, aks holda, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ko‘rsatilgan moddalarga asosan yer uchaskasini davlat zaxirasiga qaytarish bo‘yicha tegishli sudga da’vo arizasi kiritilishi to‘g‘risida 2024-yil 4-iyulda 5/-330-son hamda 2024-yil 26-iyulda 03/-374-son ogohlantirish xatlari yuborilganligini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 80 marta