Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan dehqon bozorini taribga keltiradigan biror bir mas'ul bormi?” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Ushbu holat bo’yicha tuman hokimligi, tuman departament, Favqulodda vaziyatlar bo'limi, tuman SEO va JSX bo‘limi sanitariya gigiena bo‘limi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilar birgalikda o’rganildi.

O’rganish davomida“Gurlan dehqon bozori” hududining tozaligi, sanitariya holatlari, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotish uchun mo’ljallangan ulgurji (Optom) bozoridagi rastalar holati, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan sharoitlar birma-bir o‘rganildi.

Shuningdek, narxlarni sun'iy ravishda me’yoridan oshib ketmasligi, bozorda doimiy tozalik ishlarini olib borish va tartib intizomga qat’iy rioya qilinishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bozor ma’muriyati hamda shu yerda savdo qilayotgan sotuvchi tadbirkorlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mazkur bozorda sotuvchi va xaridorlar uchun barcha shart sharoitlar (soz holatdagi tarozilar, savdo qilish uchun qulay rastalar) va imkoniyatlar yaratilgan. Bozorga mas’ul bo'lgan Gurlan tuman SEOJSM (СЕС) va Veterinariya va chorvachilikini rivojlantirish bo'limi xodimlari tomonidan kunlik monitoring ishlari hamda tozalik va sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 03, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 132 marta