Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan dehqon bozoridagi sotuvchi tadbirkorlarning tuman hokimligi va bozor ma’muriyatidan noroziligi to‘g‘risida maqola e’lon qilindi.
Ushbu holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Gurlan dehqon bozori” ma’muriyati faoliyat yuritayotgan sotuvchilar bilan bozor hududidagi belgilangan bo‘sh rastalar ko’chib, YTT guvohnomasi asosida faoliyat yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borgan va shu vaqtda sotuvchilar bilan ziddiyat chiqqan. Bozor ma’muriyati tomonidan ushbu fuqarolarga bozor hududidagi belgilanmagan joylarda savdo-sotiq qilmasliklari tushuntirilib, ogohlantirilganligini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 111 marta