Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumanida qurilish rejalashtirilgan hududda mavjud daraxtlarni kim himoya qiladi mazmunida videomurojaat tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Gurlan tumani boʼlimi davlat inspektorlari hamda Saxtiyon mahallasida yashovchi fuqaro Quranboyev Umid bilan birgalikda joyiga chiqgan holda oʼrganish ishlari olib borildi.
O'rganish davomida Saxtiyon mahallasi hududida 300 kv2 m yer maydoni J.Rajapov 2023-yil may oyida R.Matkarimov ismli shaxsdan sotib ogan. 2024-yil mart oyida qurilish ishlarini yil mart oyida qurilish ishlarini boshlagan qurilish ostiga tushgan 12 tup mevali daraxtlarni shu yerda yashovchi Y.O'taboyev daraxtlarni 2018-yildan buyon daraxtlarni parvarish qilib kelayotganligi daraxtlarni chopib tashlanganligidan hech qanday etirozi yo'qligini aytganligi, shundan keyin fuqaro J.Rajapov mevali daraxtlarni chopib qurilish ishlarini boshlaganligi maʼlum boʼlgan. Fuqaro J.Rajapovga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bunday holat boshqa takrorlanmasligi toʼgʼrisida unga ogohlantirish xati berildi.
Hozirda Gurlan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʼlimi davlat inspektorlari tomonidan hudud doimiy nazoratga olindi.
Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 99 marta