Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlanda yangi uylarni suv bosdi, qurilish ishlari talabga javob bermaydi” (sarlavha nomi tahrirsiz keltirilgan) sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.

Ushbu holat viloyat hamda tumanning tegishli mas'ul tashkilot rahbar va xodimlari tomonidan joyida o‘rganib chiqildi. O’rganishlar natijasida Gurlan tumani “Ma’rifat” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasidan o‘tgan kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar bartaraf etilganligini hamda ushbu hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, chiqindilardan tozalanganligini ma'lum qilamiz.

P.S: Shu o’rinda fuqarolarmizga atrof-muhitning tozaligi va ozodaligiga har birimiz mas’ul ekanlimizni eslatib o’tamiz! 

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 10, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 125 marta