Rasmiy munosabat
Ijtimoy tarmoqlarda “Gurlan hokimiyati fermerlar so‘ragan hujjatlarni «yo‘q» qilgani ma’lum bo‘ldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Ushbu holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz: Gurlan tumani Vazir qishlog‘ida joylashgan “Qutimov Qurolboy” f\x Q.Maxmudova tomonidan 2019-yil 30-maydagi tuman hokimi tomonidan J-204 sonli xati va o‘rganish hujjatlaridan nusxa berishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 140-sonli qaroriga asosan normativ-huquqiy hujjat maqomiga ega bo‘lmagan tuman hokimligida 3 yil muddatdan ortiq saqlangan idoraviy hujjatlar tuman hokimligida tuzilgan kamissiya tomonidan 2023-yil 6-yanvardagi dalolatnomaga asosan yo‘q qilinganligini bildiramiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 199 marta