Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmdan Shavkat Mirziyoyevga murojaat bu nimasi endi?” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani Guliston qishlog‘i Shang‘i mahallasida yashovchi fuqaro Azmuxanov Bazarbay rahbarlik qilgan "Tursunboy ota" fermer xo‘jaligi bilan tuman hokimi o‘rtasida tuzilgan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi Gurlan tumani hokimining 2008-yil 31-oktabrdagi 728-sonli qarori bilan bekor qilingan. "Tursunboy ota" fermer xo‘jaligi Gurlan tumani hokimining 2008-yil
31-oktabrdagi 728-sonli qaroridan norozi bo‘lib mazkur qarorni haqiqiy emas deb topishini so‘rab Xorazm viloyati xo‘jalik sudiga da’vo arizasi kiritgan. Xorazm viloyati xo‘jalik sudining 2009-yil 28-iyuldagi 22-0902/7347-sonli hal qiluv qarori bilan da’vogar "Tursunboy ota" fermer xo‘jaligining da’vo arizasi rad qilingan. Xorazm viloyati xo‘jalik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib kiritgan apellyatsiya shikoyati Xorazm viloyati xo‘jalik sudining 2009-yil 16-sentabrdagi qarori bilan qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Fuqaro Azmuxanov Bazarbayning ajratib berishni so‘rayotgan yer maydonlari bugungi kunda tumandagi "Muborak Zamin” fermer xo‘jaligiga ijaraga ajratib berilgan.
Fuqaro Azmuxanov Bazarbayning bogʻdorchilik yo‘nalishida fermer xo‘jaligi tashkil qilish istagi bo‘lsa, fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ochiq onlayn tanlovda qatnashib, fermer xo‘jaligi tashkil qilishi mumkinligi, Xorazm viloyati xo‘jalik sudining qarorlaridan norozi bo‘lsa belgilangan tartibda sud organlariga murojaat qilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 236 marta