Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 40 dan ortiq fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini olib qo‘yish  bo‘yicha Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilmoqchi ekanligidan noroziligi haqidagi murojaati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, ayrim fermer ho‘jaliklariga yer maydoni tanlovga qo‘yish bilan bog‘liq hujjatlar o‘rganilganida, tanlov o‘tkaziladigan sanasi ko‘rsatilgan holda qaror qabul qilinmaganligi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaganligi  hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari tanlov o‘tkazilmasdan qonunga zid ravishda ajratib berilganligi va boshqa qator qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, sholichilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklariga yer maydoni ajratish bo‘yicha Gurlani tumani  hokimining 2019-2021 yilardagi qabul  qilingan qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilgan va hozirda arizalar sudda ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, qayd etilgan holatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va MChJlarga yer maydonlari ajratilishida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan 25.12.2023 yilda tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 205,  207-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Xorazm viloyati prokuraturasi

 

Manba: https://t.me/Xorazmviloyatiprokuraturasi/22935 


Dekabr 28, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 207 marta