Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan hokimining qurilish buyicha o‘rinbosari va Toza hudud rahbari qayerga qarayapdi” nomli videomurojaat tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Videomurojaatda aytilgan joy Gurlan tumani “Yormish” mahallasi“Toshkent” ko‘chasi hududi bo‘lib, shu atrofda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan kundalik turmushda hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarning tashlab ketilishi oqibatida noqonuniy chiqindixonalar paydo bo‘lib, tevarak-atrofning ifloslanishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Ushbu salbiy holatni bartaraf etish maqsadida tuman “Toza hudud” DUK hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari jalb qilinib, chiqindilardan tozalanib tartibga keltirildi.

Kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi yuzasidan mahalla mas’ullari va fuqarolari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida shu hududda istiqomat qiluvchi aholi rasmiy ravishda ogohlantirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 18, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 192 marta