Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan Global Teks” MCHJ tomonidan fermerning bug‘doy ekini buzilayotganligi to‘g‘risida videomurojaat tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani Birlashgan qishlog‘i “Namuna” massivi yer xaritasining 7453-konturida joylashgan 3,0 gektar yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan g‘alla ekini ekilgan.
Vaholanki, yuqorida keltirilgan yer maydonini tumandagi “Gurlan Baraka teks” MChJ tomonidan “E-AUKSION” savdo platformasida elektron tanlovda ishtirok qilib yutib olgan. Bu haqda elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi 2023-yilning 01-iyun kunidagi № Yu 194-930639-sonli bayonnomasi mavjud bo‘lib, “Gurlan Baraka teks” MCHJ o‘ziga tegishli bo‘lgan ekin yer maydonida kelgusi 2024-yil paxta hosili uchun yerlarni shudgorlash ishlarini amalga oshirayotganligi ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi bosh yuriskonsultanti J.O‘razboyev
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 209 marta