Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Gurlanda yangi beton yo‘l chetiga tuproq tashlanmoqda" sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Ushbu hollat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Gurlan tuman “Qatariq” va “Yormish” mahallalarini kesib o‘tuvchi ichki xo‘jalik yo‘lini ta’mirlash ishlarida qalinligi 18 sm beton quyish ishlari yakunlangan. Xozirgi kunda pudratchi tashkilot tomonidan yo‘l yoqasini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘l yoqasi tuproq bilan mustahkamlangandan keyin eni 50 sm qalinligi 10 sm bo‘lgan tosh-qum aralashmasi bilan mustaxkamlanadi. Ta’mirlash ishlari Gurlan tuman hokimligi, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan texnik nazoratga olingan. 

Bugungi kunda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 15, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 252 marta