Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumanida nochor oilalarga nomiga yordam qo’li choʻzilmoqdami?” sarlavhasi ostida murojaat tarqaldi.

Ushbu murojaat yuzasidan Gurlan tuman hokimligi tomonidan ishchi guruhi tuzilib, joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganishlar davomida Gurlan tumani, “Qatariq” mahallasida yashovchi I.X.ga tegishli turar joy binosi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasi yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 72/16-son qaroriga asosan shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilganligi ma’lum bo‘ldi.

Uy egalari bilan suhbat davomida hozirda qurilish materiallari ta’minotchi tomonidan kechikayotganligi bildirildi. Qurilish materiallari yetkazib beruvchilar bilan shu yerning o’zida bog’lanilib, qurilish materiallari berilishi bilan tez fursatlarda  fuqarolarning yashab kelayotgan turar joy binosining tom qismini shifer qilish ishlari to’liq yakunlanadi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Iyul 29, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 316 marta