Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tuman xokimligiga murojaat” (Sarlavha tahrirsiz berildi) sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.
Ushbu holat bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va o‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani Besh uy mahallasida 30-40 yillar ilgari “Tajriba” kollektoriga quyuvchi ichki zaxkash mavjud bo‘lgan, keyinchalik ushbu zaxkash zarurat bo‘lmaganligi sababli mazkur hududda hozirgi Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan ko‘milib tashlangan va zaxkash ko‘milgan yerdan ekin ekib tomorqa sifatida foydalanib kelingan.
Besh uy mahallasi Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi aholining murojaatlariga asosan ko‘milib ketgan zaxkash o‘rnida zaxkash qazish 2022-yil davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha bo‘yicha mahallaning Ulug‘bek qo‘chasi bo‘ylab TD-10A-2 nomli, uzunligi 400 metrdan iborat ichki zaxkash qazish rejalashtirilgan,2022-yilning avgust-sentabr oylarida qazish ishlari amalga oshirilib, zaxkashning 120 metr uzunlikdagi qismida ya’ni, PK 0+00dan PK 1+20 gacha qazish ishlari olib borilgan. Lekin zovurning PK 1+25 qismidagi yer uchastkasida beton poydevor mavjud bo‘lganligi sababli davlat dasturida rejalashtirilgan ichki zaxkashning qolgan 280 metr uzunlikdagi qismida qazish ishlarini davom qildirish imkoni bo‘lmagan. Ushbu poydevor qurilgan yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-son qarori asosida V173320813227 unikal kod raqami bilan 100 kv.metr yer maydoni auksion savdosiga chiqarilgan bo‘lib, mazkur yer uchastkasi onlayn-elektron auksionlarni tashkil qilish markazi tomonidan 2020-yil 21-iyul kunidagi o‘tkazilgan auksion natijalariga ko‘ra Gurlan tumani, Besh uy mahallasida yashovchi S.X. auksion g‘olibi deb topligan va YU194-025709 raqamli bayonnoma berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmonida tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish masalalariga oid vakolatlar, ular yuzasidan qaror, farmoyish va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilingan, tuman hokimligi ushbu bayonnomani haqiqiy emas dep topish yoki bekor qilish vakolatiga ega emas.
Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 89-moddasiga asosan yer xususidagi nizolar sud tartibida ko‘rilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 330 marta