Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumani Navbahor mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan ayolga tuman hokimligi xodimlari tomonidan bosim bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilgan fuqaro N.A Gurlan tumani, Madadkor mahallasida ro‘yxatda turgan va hozirgi kunda Navbahor mahallasida vaqtincha ro‘yxatda turadi.
N.A ga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 170-sonli qaror talablari asosida 2021-yil 2-apreldan Navbahor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan, yangi rekonstruksiya qilingan ijtimoiy uylardan bitta xonadon vaqtinchalik ijarada yashashi uchun ajratib berilgan.
2021-yilda Ishonch mahallasi tomonidan “Ayollar daftari”ning 3-bosqich “Ayollar daftari”ning “Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar” toifasiga ro‘yxatga kiritilgan va “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 2022-yil aprel oyida bir martalik 1 080 000 so‘m moddiy yordam ajratilgan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. 2021, 2022 va 2023-yillar davomida tuman tibbiyot birlashmasida bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelingan.
Shuningdek, fuqaro N.A 2023-yil 10-aprelda “Onlayn mahalla” platformasi orqali subsidiya asosida asbob-uskuna olish uchun 399535-sonli ariza bilan murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-maydagi 252-sonli qarori nizomiga asosan “Onlayn mahalla” platformasida skoring jarayonida N.A ning arizasi tizim orqali rad qilingan.
Gurlan tumani hokimligi tomonidan N.A ga doimiy ravishda moddiy-ma’naviy va tibbiy yordamlar berilayotganligi, ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaati yuzasidan ham qonun doirasida yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 722 marta