Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Gurlan tuman tibbiyot birlashmasining oldidagi yo‘lning qoniqarsiz ta’mirlanayotganligi haqida maqola e’lon qilindi.
Ushbu holat bo‘yicha Gurlan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hududida 201 km umumiy foydalanishdagi 820 km xo‘jaliklararo hamda ichki ko‘cha yo‘llari mavjud bo‘lib, 2023-yil boshidan tumandagi 26 ta mahallada 50 km uzunlikdagi yo‘llar ta’mirlandi va ta’mirlash ishlari davom qilmoqda. Bundan tashqari umumiy foydalanishdagi 4r160, 4r163, 4n1921 avtomobil yo‘llarida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu lavhada ko‘rsatilgan yo‘l 4k922 avtomobil yo‘li bo‘lib umumiy uzunligi 7 km ni tashkil qiladi. Ushbu yo‘ldagi mavjud chuqurchalar haydovchilarga noqulaylik keltirayotganligi sababli ta’mirlash ishlari boshlangunga qadar vaqtinchalik qorishma yordamida tekislash ishlari bajarildi. 2023-yil 2-choragida mablag‘ ajratilgach 4k922 avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari boshlanishini ma’lum qilamiz.
Keltirilayotgan noqulayliklar uchun haydovchilarimizdan uzr soʻraymiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 553 marta