Rasmiy munosabat

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi Raximova Yorqinoy Azamat qizi 2022-yil 25-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Gurlan hokimi fermerga sholi hosilini yig‘ib olishga izn bermayapti” sarlavhali videomurojaati orqali norozilik bildirgan.

Ushbu holat bo’yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz, Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligiga tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi 1012-son qaroriga asosan “Paxtachilik-g‘allachilik” yo‘nalishida 87,7 gektar еr maydoni ijaraga ajratib berilgan. Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi asosiy maydoniga 17,0 gektar bug‘doy, 52,0 gektar paxta, 1,0 gektar sholi, 1,6 gektar kartoshka, 1,0 gektar mosh, 1,0 gektar soya, 1,0 gektar sabzavot, 2,5 gektar poliz, 10,3 gektar ozuqa ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17,2 gektar bug‘doy (rejaga nisbatan 0,2 gektar ortiqcha) ekilgan, 56,3 gektar paxta (rejaga nisbatan 4,3 gektar ortiqcha) ekilgan, 13,7 gektar sholi (rejaga nisbatan 12,7 gektar ortiqcha) ekilgan, 1,6 gektar kartoshka, 1,0 gektar mosh, 1,0 gektar soya, 1,0 gektar sabzavot, 2,5 gektar poliz, 10,3 gektar ozuqa ekinlari umuman ekilmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida 0,5 gektar sabzavot, 0,3 gektar makkajo‘xori (silos uchun) ekini, 0,3 gektar bir yillik o‘t, 0,4 gektar mosh, 15,5 gektar sholi ekinlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 17,2 gektar sholi ekini ekilganligi, rejaga nisbatan 1,7 gektar sholi ekini ortiqcha ekilganligi, rejalashtirilgan 0,5 gektar sabzavot, 0,3 gektar makkajo‘xori (silos uchun) ekini,  0,3 gektar bir yillik o‘t, 0,4 gektar mosh ekinlari umuman ekilmaganligi aniqlangan.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi bilan “Gurlan Global Teks” paxta to‘qimachilik klasteri o‘rtasida 2022-yil hosilidan 185,0 tonna paxta xomashyosini еtishtirib berish bo‘yicha 2022-yil 1-fevralda 175-son shartnomasi tuzilgan.

Biroq “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi tomonidan 27-oktabr holatiga 183,2 tonna paxta “Gurlan Global Teks” MCHJ klasteriga topshirilgan, bu esa 99,02 foizini tashkil qiladi.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi 2022-yil hosili uchun ekilgan sholi ekinini topshirish bo‘yicha shartnoma tuzmaganligi,  sholi ekini hosilidan 37,8 tonna sholi topshirish rejalashtirilgan, lekin hozirgi kunda hosil topshirilmagan.

Gurlan tumani “O‘yilma” mahallasida joylashgan “Azamat qizi Yorqinoy” chorva fermer xo‘jaligiga “Chorvachilik” yo‘nalishida 21,0 gektar еr maydoni ijaraga ajratib berilgan. Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2022-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan monitoringda aniqlanishicha, “Azamat qizi Yorqinoy” chorva fermer xo‘jaligi asosiy maydoniga 5,6 gektar bug‘doy, 4,0 gektar makkajo‘xori 3,0 gektar soya, 8,4 gektar ozuqa ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5,6 gektar bug‘doy, 2,0 gektar ozuqa ekinlari (xashak) makkajo‘xori va soya umuman ekilmaganligi, 13,4 gektar sholi ekini ekilganligi aniqlangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan videomurojaat  o‘rganilganda 2022-yil 25-oktabr Gurlan tuman IIB JXX XPB profilaktika inspektori leytenant X.Qodirov o‘ziga biriktirilgan ma’muriy hududda qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik jihatdan profilaktika qilish maqsadida “Izzatbek-Bunyodbek” fermer xo‘jaligi sholi еr maydonidaYenisey” rusumli 90BA585 davlat raqam belgili kombayn texnik jihatdan xavfsizligi tekshirilganda hech bir hujjatlarsiz, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasdan, texnik ko‘rikdan o‘tmasdan foydalanib kelayotganligi aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirilib, tuman IIBda yuritilayotgan Shakl-2 jurnalidan 1902-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tegishlilik bo‘yicha Gurlan tuman Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bo‘limiga yuborilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har qanday axborotni tarqatishdan oldin haqqoniyligini o‘rganishni so‘raymiz. Masalaga bir tomonlama emas, xolis yondashish zarur. Asoslanmagan axborotlarni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 461 marta