Rasmiy munosabat

Joriy yilning 3-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Gurlan tumanida asosiy yo‘llar qachon ta’mirlanadi?” sarlavhasi ostida videomurojaat tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Gurlan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Gurlan tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli 4k980 "Urganch-Gurlan" avtoyo‘li "Saxtiyon k-Gurlan sh” avtomobil yo‘li bo‘lib, jami uzunligi 7 km ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda ushbu avtomobil yo‘li ta’mirtalab ahvolda. Ushbu yo‘lni ta’mirlash uchun mablag‘ so‘rab Xorazm viloyati AYXBB ga buyurtma berilgan. 

Ushbu yo‘lga mablag‘ ajratilishi ijobiy hal bo‘lishi bilanoq  2022-yil 4-choragida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini bildiramiz.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 04, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 446 marta