Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumanidagi shifoxonasida bemorlar uchun ajratilgan “lift” ishlamas ekan” sarlavhasi bilan xabar tarqaldi. 

Holat bo’yicha o’rganish ishlari olib borilganda ushbu lift Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida joylashganligi va 2022-yil 26-mart kuni taxminan soat 18-30larda noma’lum texnik nosozliklarga ko‘ra ishlamasdan qolganligi ma’lum bo’ldi.

Ushbu nosozlikni bartaraf qilish maqsadida "TG Texnogarant" MCHJ servis markazidan lift sozlovchilar chaqirildi. Ushbu markaz xodimi tomonidan 2022-yil 28-mart kuni soat 14-30dan nosozlik to‘liq bartaraf qilindi. 

Hozirda lift to'liq quvvatda aholiga xizmat ko'rsatmoqda.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Mart 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 752 marta