Rasmiy bayonot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi "Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida"gi 505-sonli qarorning ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va qish-bahor mavsumida ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxini barqaror saqlanishini ta’minlash maqsadida Gurlan tumani hokimining 2023-yil 6-fevraldagi "Gurlan tumanidagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida"gi 60-12-171-Q/23-sonli qarori qabul qilinib, tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida  mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari fermer xo‘jaliklari kesmida ishlab chiqilgan. Joriy yilning yakuni bilan tumandagi ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan belgilangan mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari bajarilmasdan qolmoqda. Bu esa tuman aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Shu sababdan mahsulot yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarini muntazam (ketma-ket uch yil) bajarmagan, ekin yer maydonlaridan samarasiz va maqsadsiz foydalangan  fermer xo‘jaliklari bilan tuman hokimi o‘rtasida yer uchastkasini uzoq muddatga  ijaraga olish yuzasidan tuzilgan shartnomasini qonunda belgilangan tartibda muddatidan oldin bekor qilinishi bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 09, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 319 marta