Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Gurlan tumani hokimligida tuman sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Ruslan O’razbayev so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, еtuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda yaratib berilayotgan barcha shart-sharoitlar to‘g'risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da yoshlarning talab va takliflari atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 27, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 39 marta