RAVSHAN ERMATOV GURLAN TUMANIGA TASHRIF BUYURDI

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov Gurlan tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ravshan Ermatov tumanimizda  futbolning ommaviyligini oshirish hamda bolalar va o'smirlar o'rtasida sportni yanada rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, tumanda barpo qilinayotgan zamonaviy sport majmuasi qurilishi va markaziy o'yingohni rekonstruktsiya qilish ishlarini ko'zdan kechirdi.

Mas'ullar bilan bo'lgan suhbatda Ravshan Ermatov sport majmuasining qurilish ishlarini jadallashtirish, markaziy o'yingohda sifatli futbol maydonini barpo etish yuzasidan o'z taklif va ko'rsatmalarini berdi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 30, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 651 marta