Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm viloyati Gurlan tumani Eshimjiron qishlog‘i ko‘chalari nomini hech kimdan so‘ramay o‘zgartirishibdi...” nomli xabar tarqaldi. Ushbu masalada quyidagilarni ma’lum qilamiz. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripov boshchiligida 2020-yil 9-mart kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan videoselektorda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganligi, bir hududda bir nomdagi, bir turdagi bir qancha geografik obyektlarning borligi, ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish kerakligi qayd etib o‘tildi.

Shu asosda mamlakatimizning barcha hududlarida geografik obyektlar nomlarini Davlat reyestri bilan moslashtirish ishlari boshlandi. Shu jumladan, Gurlan tumanida ham.

Mahalla ahli da’vo qilayotgan Nurli yo‘l nomi aslida tumandagi Navbahor mahallasida mavjudligini hisobga olib, Eshimjiron mahallasidagi ko‘cha nomi avvalgi nomiga yaqinroq Nurli manzil nomiga o‘zgartirildi. 

Ma’lumot uchun, har bir ko‘cha nomi xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Eshimjiron mahallasi ahli da’vo qilayotgan Nurli yo‘l ko‘cha nomini tasdiqlash bo‘yicha Kengash qarori mavjud emas.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 27, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 447 marta