Rasmiy munosabat

RASMIY MUNOSABAT: Gurlan tumanida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari samarali faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning 30-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xorazm viloyati Gurlan tumanidan yozmoqdaman. Go‘sht narxi qog‘ozda 55000 so‘m, amalda esa 68000-70000 so‘mdan sotishyapti. Yana bir masala. Barcha hududlarda arzon oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgan. Bizda ham tashkil etilsa edi...” mazmunida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yolg‘on axborotga ega bo‘lib, 2021-yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar Gurlan tumani dehqon bozori hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yarmarkada go‘sht mahsuloti 55 ming so‘m, kartoshka 3500 so‘m, 1 l paxta yog‘i 16 ming so‘m, sabzi 1000 so‘mdan, piyoz 1900, tuxum 1000 so‘mdan sotilmoqda.
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida dehqon va fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan belgilangan reja asosida 27 turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini aholiga arzon narxlarda sotilishi tegishli tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 

Gurlan tumanida hokimligi axborot xizmati


Dekabr 30, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 668 marta