Rasmiy munosabat
Joriy yilning 11-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Gurlan tumanida chiroq o'chishi holati davom qilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Ushbu holat bo'yicha “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Gurlan tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga asosan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Ushbu videomurojaatdagi elektr energiyasidan uzilish holati 2021-yil 8-noyabr kuni soat 19:26 da Gurlan tumanini elektr energiyasi bilan taьminlovchi 110 kVli “Shovot” liniyasini Turkmaniston Respublikasi bilan bog'lab turuvchi liniyadagi avariya oqibatida vaqtincha tarmoqdan uzilish natijasida sodir bo'lgan. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ ishchi guruhi tomonidan 8 noyabr kuni soat 19:45 da “Xorazm” 220/110 kV podstantsiyasi orqali elektr energiyasi yetkazib berish qayta tiklangan.
Shuningdek, 110 kVli “Shovot” liniyasi orqali Turkmaniston Respublikasi elektr energiyasiga qaytadan ulanish ishlari olib borilayotganligi sabab 8-noyabr kuni soat 22:25 va 22:30 oralig'ida qisqa muddatli uzilish sodir bo'lganini ma'lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 647 marta