Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Gurlan tumanida tijorat banklari, soliq, moliya va iqtisodiy kompleksga qarashli tashkilotlar xodimlarini “Hokim yordamchisi” lavozimiga o'tkazish maqsadida majburiy tartibda arizalar olish boshlanganligi to'g'risida xabar tarqaldi.
Ushbu holat bo'yicha olib borilgan o'rganish natijalariga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan hududlarda “Mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy qilish belgilangan.
O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi topshirig'iga asosan “Hokim yordamchisi” lavozimiga ixtiyoriy ravishda nomzodlarni tanlab olish va suhbat o'tkazish bo'yicha Ishchi guruh tuzilib, Respublika idoralari rahbarlari, viloyat, tuman va shaharlarga biriktirilgan.
Tumanga biriktirilgan Respublika Ishchi guruhi tomonidan tumandagi 50 ta mahallalarda “Hokim yordamchisi” vazifasida ishlash istagini bildirgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat olib borilgan.
Gurlan tumanida “Hokim yordamchisi”ni tayinlashda xodimlarni majburlash holatlari bo'lmaganini ma'lum qilamiz.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 837 marta