RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Masharipovning fermerlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishidagi audioyozuvi tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Gurlan tumanida mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2023-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulotlarni yetishtirishning prognoz hajmlari belgilab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi "Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida"gi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni ro’yxatdan o’tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to’g’risida"gi Nizomning 1-ilovasida agrotexnika tadbirlari boshlanishidan bir oy oldin shartnomalar tuzishga tayyorgarlik ko‘rish, 7 kun mobaynida shartnomalarni ko’rib chiqish va imzolash, 3 kun mobaynida ro’yxatdan o’tkazish uchun berish, 3 kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o’tkazilganidan keyin tayyorlov xizmat kursatuvchi va boshqa tashkilotlarga berish oʻtkazilgan shartnomalarni tayyorlov, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa tashkilotlari 2 kun mobaynida xo‘jaliklarga berishlari qat’iy belgilab qo’yilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-23-sonli qarori 2-qismi a-bandida  har yili 1-oktabrga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuzilishi (2023-yil hosili uchun 2023-yil 1-fevralga qadar). Bunda, paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari soliq organlarining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinishi belgilab qo’yilgan.

Gurlan tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda fermerlarning 2023-yil paxta hosili uchun tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan klaster bilan shartnoma tuzib ishlashning afzalliklari, buning tuman iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shadigan katta hissasi to‘g‘risida tushuntirishlar bergan. Shuningdek, hozirgi kunda tumanda paxtachilik bilan shug‘ullanadigan kooperatsiyaning yo‘qligi hamda uni yangidan tashkil qilish uchun ancha vaqt va katta sarmoya talab etilishini hisobga olib, hozirgi kunda klaster bilan shartnoma tuzib ishlash maqsadga muvofiq ekanligi bildirilgan.Ushbu masalani barcha tomonlarning manfaatlarini ko‘zlagan holda ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Mart 01, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 471 marta