Rasmiy munosabat

2021-yil 31-avgust kuni  Reforma.uz youtube kanalida  «Xorazmda maktab o'quvchilari g'isht tashishga majburlangan» sarlavha ostida videolavha e'lon qilindi. Videolavhada keltirilgan holatni o'rganish maqsadida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruhi shakllantirildi va o'rganish ishlari olib borildi.Ishchi guruhning o'rganish xulosasiga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Gurlan tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida faoliyat olib borayotgan va shu kuni maktab o'quvchilarining g'isht tashish jarayonida bevosita guvoh bo'lib, ishtirok qilgan ishchi xodimlar va to'garak rahbarlari bilan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida ular videolavhadagi voqea 2021-yil 21-avgust kuni ya'ni “Umumxalq xayriya hashari kuni” bo'lib o'tganligi, hasharda barcha ishchi xodimlar va to'garak rahbarlari ishtirok qilganligi, shuningdek, binoning hojatxonasiga o'tish yo'lagini g'isht to'sib qo'yganligi uchun uni olib tashlab, o'zlariga qulaylik yaratish maqsadida g'isht tashiganliklarini va ayrim o'quvchilar ustozlariga ko'maklashish uchun ularga yordam berganliklarini bildirdilar. 

Mazkur jarayonda barcha ishchi xodimlar, to'garak rahbarlari va ayrim o'quvchilar majburiy ravishda emas, balki  o'z ixtiyoriga ko'ra ishtirok qilganliklari to'g'risida tushuntirish xati yozib ishchi guruhga taqdim qildilar. 

 

Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi 


Sentabr 29, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 746 marta