Rasmiy munosabat
Joriy yilning 19-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Malika Ismailovaning “Gurlan pilla” MChJ tomonidan dividend to'lab berilmayotganligi yuzasidan videomurojaati tarqaldi.
Ushbu holat bo'yicha prokuratura organlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilgan. O'rganish natijalariga ko'ra quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Aniqlanishicha, fuqaro Malika Ismailova va turmush o'rtog'iga tegishli ulushi “Gurlan pilla” MChJ tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, 6.724.688 so'm taklif qilinganda rad qilgan.
Shundan keyin ularga tegishli 1,6 foiz ulush uchun hisoblangan 6.724.688 so'm jamiyat tomonidan 17.03.2021 yilda 1-sonli to'lov topshiriqnoma bilan uning nomiga AT “Xalq banki” Gurlan filialidagi “talab qilib olinguncha omonat” hisob raqamiga o'tkazilgan.
Shuningdek, “Gurlan pilla” MChJ tomonidan 2015-2017-yillar uchun hisoblangan 926.064 so'm dividendlari 21.05.2021 yilda
5-sonli to'lov topshiriqnomasi orqali AT “Xalq banki” Gurlan filialining yuqoridagi hisob raqamiga o'tkazilishi ta'minlangan va ushbu pul mablag'larini AT “Xalq banki” Gurlan filialidan qabul qilib olishi taklif etilgan.
“Gurlan pilla” MChJga qarashli yer maydonlari “Gurlan metal servis” MChJ, “Aliakbar oil biznes” MChJ, “Gurlan texno trans” MChJ va fuqaro J.Salimovga sotilishi holatlari o'rganilib, qonun buzilishi aniqlanmagan.
Fuqaro Malika Ismailovaga sud qarorlaridan norozi bo'lgan taqdirda kassatsiya tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, shuningdek, jamiyat yerlari oldi-sotdisi va dividend hisoblanishida o'ziga moddiy va ma'naviy zarar yetkazilgan deb hisoblasa, zararni undirish masalasida tegishli tartibda sudga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 732 marta