Rasmiy munosabat

Joriy yilning 22 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Gurlan tumani Ishonch mahallasida aholi tomonidan obod qilingan ko'cha asfalti tadbirkor tomonidan buzib tashlandi” mazmunidagi xabar tarqaldi. Ushbu holat bo'yicha olib borilgan o'rganish natijalariga ko'ra, quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Xabarda qurilish bo'layotgan joy Gurlan tumani Ishonch mahallasi Nukus ko'chasi bo'lib,  ushbu hudud tuman “Toza hudud” DUK va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan joriy yilning iyun oyida chiqindilardan tozalangan hamda noqonuniy qurilish obyektlari buzilib, tartibga  keltirilgan. 

Shuningdek, ushbu hududdan ichimlik suvi o'tkazish ishlari  avgust oyida yakunlangan bo'lib, yo'lga qum aralash shag'al qoplamasi yotqizilganini ma'lum qilamiz.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Sentabr 23, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 975 marta