Rasmiy munosabat
Joriy yilning 8-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “1-sinf o‘quvchisidan murojaat” sarlavha ostida video tarqatildi. Videolavhada Gurlan tumanidagi 36-sonli maktabning 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi to‘liq berilmaganligi, shuningdek, maktabda ta’lim jarayoni onlayn tarzda olib borilayotgani keltirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy ma'lumot berdi (https://t.me/Xorazm_XTB/12767).
Qo’shimcha ma’lumot sifatida Gurlan tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Gurlan tumanidagi 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 51 nafar birinchi sinf o‘quvchilari 8-sentabr kuni Prezident sovg‘alari bilan to‘liq ta'minlandi.
Shuningdek, 36-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida ta’mirlash ishlari vaqtida yakuniga yetkazilmaganligi sababli Gurlan tumani xalq ta’limi bo'limi mudirining 2021-yil 31-avgustdagi 82-sonli buyrug’iga asosan maktabda ta’lim jarayonlari 13-sentabrgacha onlayn tarzda olib borilishi nazarda tutilgan. Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, ta’lim an’anaviy tarzda olib borilishini ma’lum qilamiz.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 798 marta