Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.
- Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda soliq va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan holda yuridik shaxsning rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.
- Tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitob shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish BHMning 30 baravari
(8 mln 100 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
- Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
- Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda xolislar ishtirokida soliq nazorati olib boriladi.
Asos. 11.03.2022-y. OʻRQ–758-con Qonun.
Mart 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 651 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 651 marta