Qarzdor otadan aliment pullari undirildi

Majburiy ijro byurosining Gurlan tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor X.A.dan undiruvchi X.L.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borildi.

Bo‘limi ijrochilari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari va ijro harakatlari natijasida qarzdordan to‘lanmagan 20 million 941 ming so‘m aliment pullari undirilishiga erishildi.



Mart 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 626 marta