Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi faoliyati va aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ochiq-muloqot bo‘lib o‘tdi
Ushbu muloqotda davomida Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi faoliyati va aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-oktyabrdagi 654-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-noyabrdagi 596-son bilan kiritilgan o'zgarish va qo'shimchalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbirda Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi S.Sabirov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori M.O‘razmetov, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash boʻlimi boshligʻi M.Bekchanov tomonidan mahalla raislari, hokim yordamchilariga seminar oʻtkazilib kiritilgan oʻzgarishlar yuzasidan tushuntirilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 45 marta