Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Gurlan tumanida jamoat xavfsizligini ta'minlash, turli huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun tuman IIB, profilaktika inspektorlari, hamkor tashkilotlar vakillari, mahalla mas'ullari va hudud nuroniylari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Unda tumanda "Xavfsiz hudud" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning barvaqt oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari batafsil muhokama etildi.
Yakunda ushbu vazifalar ijrosi hamda tumanda ijtimoiy xavfsiz muhitni ta'minlash bo'yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Kompleks profilaktik tadbirlar doirasida tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan uchrashuv, mehnat yarmarkasi hamda aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 16 marta