Payshanba – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni joylarda profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Shu munosabati bilan bugun tuman sektor rahbarlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlariga yo'riqnoma o'tkazilib, tadbir doirasida har bir xodim tomonidan amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlar belgilab berildi.
Kompleks profilaktik tadbirlar doirasida tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi fuqarolar bilan uchrashuv, mehnat yarmarkasi hamda aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 22 marta